“O‘zbek qizi” filmi Rossiyaning Leningrad viloyati hududiy telekanallarida namoyish etilmoqda
Iyun 26, 2026. 14:30 • 52 soniya
• 37
GATCHINA, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Rossiyaning Leningrad viloyati maʼmuriyati hamkorligida mahalliy telekanallarda II jahon urushidagi G‘alabaning 83 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek qizi” badiiy filmi namoyish etilmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur film namoyishi Rossiyada 22-iyun kuni nishonlanadigan Xotira va motam kuni munosabati bilan “LenTV24”, “VGTRK”, “Kirishi”, “TERA-studiya” va “Syas-TV” telekanallarida efirga uzatilgan.
Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, kinokampaniya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, film namoyishi O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqidagi tarixiy xotirani saqlab qolish, shuningdek, urush yillarida yuz minglab evakuatsiya qilinganlarni qabul qilgan o‘zbekistonliklarning insonparvarlik jasoratini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi