O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Dekabr 18, 2025. 12:15 • 48 soniya
• 138
OSLO, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston yuqori to‘lov qobiliyati bilan ajralib turadigan Skandinaviya mamlakatlari sayyohlari uchun tobora jozibador maskanga aylanib bormoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turizm infratuzilmasining rivojlanishi va sohadagi islohotlar tufayli O‘zbekiston Yevropaning ko‘plab mamlakatlarini o‘ziga jalb etmoqda. Jumladan, yuqori to‘lov qobiliyati bilan ajralib turadigan skandinaviyalik sayohatchilar soni tobora ortib borayapti.
Norvegiya fuqarolari uchun ham yurtimizga sayohat qilishi uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi barqaror o‘sib bormoqda.
Yaqinda Norvegiyaning yetakchi turoperatorlaridan biri “Elite Travel” O‘zbekistonga premium toifadagi yangi “Ipak yo‘li xazinalari” turini boshlaganini eʼlon qildi. Paket O‘zbekiston bo‘ylab elita guruh sayohatidan iborat bo‘lib, madaniy turizm ixlosmandlarini norvegiyalik jurnalist Morten Strand hamrohligida Ipak yo‘lining afsonaviy shaharlari – Toshkent, Samarqand va Buxoroni kashf etishga taklif qiladi.
To‘plamga mamlakatimizda joylashgan YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur obidalar, tarixiy-madaniy qadamjolar, gastronomik kashfiyot va mahalliy anʼanalar kiritilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi