Bugun dunyoda: Xorijiy OAV sharhi qisqa satrlarda
Fevral 18, 2026. 14:27 • 2 daq
• 51
Peruda prezident isteʼfoga chiqarildi
Peru Kongressi prezidenti Xose Xerini saylovlarga ikki oy qolganida lavozimidan chetlatdi. Prezidentning lavozimidan chetlatish uchun 75 nafar deputat ovoz bergan. 24 nafar deputat qarshi chiqqan va uch nafari betaraf qolgan. Xose Xeri 2025-yil oktyabridan buyon prezidentlik lavozimida edi.
Manba: The Guardian
***
Bangladeshda yangi bosh vazir saylandi
Bangladesh “Milliy partiyasi” yetakchisi Toriq Rahmon 17-fevral kuni mamlakat bosh vaziri sifatida rasman qasamyod qildi. Siyosatchi sobiq bosh vazir Xolida Ziyo va suiqasd qurboni bo‘lgan prezident Ziyour Rahmonning o‘g‘li sanaladi. U 60 yoshda bo‘lib, yangi lavozimiga kirishar ekan, Rahmonni oldinda bir qator muammolar kutmoqda.
Manba: Reuters
***
AQSh bir sutkada Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
AQSh so‘nggi 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini tashladi. 17-fevral kuni Jenevada Amerika-Eron muzokaralari raundi yakunlandi. Ummon tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv “umumiy maqsadlar va tegishli texnik masalalarni aniqlashda sezilarli siljish bilan” yakunlandi.
Manba: Axios
***
Pokistonda terakt: 11 nafar harbiy halok bo‘ldi
Pokistonning Xayber Paxtunva provinsiyasi, Bajaur okrugida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirilgan terrorchilik hujumi oqibatida 11 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi.
Manba: The Dawn
***
Maduroning sudi 26-mart kuni o‘tadigan bo‘ldi
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 26-mart kuni Nyu-Yorkdagi federal sudda bo‘lib o‘tadi. Sud sanasi Maduro advokatlarining iltimosiga binoan o‘zgartirilgan. Bunga prokuratura tomoni bilan bog‘liq jadval va logistika masalalari ham sabab bo‘lgan. Natijada, ikki tomon sudni boshqa kunga ko‘chirishga kelishib olgan.
Manba: RTE.ie
***
Tashiyevning yana bir safdoshi ishdan olindi
Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmatiga yangi rahbar tayinlandi. Maʼlum bo‘lishicha, Qamchibek Tashiyevning sifdoshi ekani aytilgan Jenali Orozbayev Antimonopoliya xizmati rahbari lavozimidan ozod qilingan.
Manba: gov.kg
***
Zelenskiy AQSh vakillariga ishonmasligini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Jenevada Rossiya bilan muzokaralar boshlanishidan oldin AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner Rossiya haqiqatan ham janglarni tugatishni istayotganini aytgan. Uitkoff va Kushner Zelenskiyga shu maʼlumotdan kelib chiqib, uch tomonlama uchrashuvda Ukraina delegatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtirishni tavsiya qilgan. Biroq, Zelenskiy bu masalada ancha pessimistik kayfiyatda ekanini aytgan va ulardan uni bu fikrga ishontirishga urinmaslikni so‘ragan.
Manba: Axios
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
