Daniya turoperatori O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab yangi yo‘nalishlarni ishga tushirdi
Mart 02, 2026. 08:10 • 52 soniya
• 291XYORNING, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Skandinaviyaning yirik turistik ko‘rgazmasi — “Danish Travel Show 2026” doirasida Daniyaning mashhur “Vores Verdenshjørner ApS” turoperatori O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab yangi turistik paketlar sotuvi boshlanganini rasman eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu qaror O‘zbekiston turistik brendining Shimoliy Yevropada izchil targ‘ib qilinishi hamda daniyalik sayyohlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining amaliy natijasi bo‘ldi. Daniyalik hamkorlar O‘zbekistonni ustuvor yo‘nalish sifatida tanlashiga bir qancha muhim omillar asos bo‘lgan. Xususan, Daniya fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz rejim, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi YUNESKO merosiga kiruvchi shaharlarning boy madaniy qiymati hamda Skandinaviya sayyohlari uchun eng muhim mezon hisoblangan xavfsizlik darajasi yuqori baholandi.
“Vores Verdenshjørner ApS” vakillarining fikricha, qadimiy tarix va zamonaviy infratuzilmaning uyg‘unligi O‘zbekistonni 2026-yilda eng istiqbolli turistik yo‘nalishlardan biriga aylantiradi.
Mamlakatimiz ushbu nufuzli ko‘rgazmada ikkinchi bor ishtirok etmoqda. Bu esa Skandinaviya turistik bozorida O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlash va mintaqadan keluvchi sayyohlar oqimini tizimli ravishda oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


