Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyozda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

Dekabr 24, 2025. 22:05 • 46 soniya

159
O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyozda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

TOSHKENT, 24 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Ar-Riyoz shahrida Saudiya Arabistonida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, davra suhbatida shifokorlar, taʼlim sohasi vakillari, xizmat ko‘rsatish xodimlari, talabalar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Uchrashuv chog‘ida hukumat tomonidan xorijda yashayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, jumladan raqamlashtirilgan xizmatlar orqali qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Vatandoshlar elchixona va diplomatik vakolatxonalar tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, konsullik xizmatlaridan muntazam foydalanib kelayotganliklarini taʼkidladilar.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida qonuniy va munosib ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Saudiya Arabistoni tegishli idoralari bilan olib borilayotgan muzokaralar, taʼlim olish imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan istiqbollar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvyakunidaochiqmuloqotdavomettirilib, vatandoshlarningtaklifvamulohazalaritinglandi, shuningdek, Podshohlikhududidaqonunlargaqatʼiyrioyaetishvanoqonuniyfaoliyatlardanyiroqbo‘lishmasalalarigaalohidaeʼtiborqaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish