TIV huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Dekabr 22, 2025. 17:30 • 2 daq
• 232
TOSHKENT, 22-dekabr. / “Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi raisi Saidmuxtor Saidkasimov va tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev, fuqarolik jamiyati faollari, xalqaro munosabatlar yo‘nalishi ekspertlari va matbuot vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda vazirlikning joriy yilgi faoliyati sarhisob qilindi. Asosiy natijalar muhokama qilinib, O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosati izchil amalga oshirilayotgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-eʼtibori izchil oshib borayotgani taʼkidlandi.
Yig‘ilishda iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, hududlar bilan ishlash, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida mintaqaviy va global masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv muloqot tashkil etildi. Unda fuqarolik jamiyati vakillari bilan fikr almashinuvi orqali tashqi siyosatni yana-da takomillashtirishga doir muhim taklif va mulohazalar bildirildi.
Muhokama jarayonida xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini yuksaltirish, tashqi siyosat sohasida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunlarida Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan “Amaliy harakatlar rejasi” tasdiqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIVda Tojikistonning yurtimizdagi elchisi bilan 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi
Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning anjumani o‘tkazildi