Logo

O‘zbekiston TIV vaziri maslahatchisi va “Konrad Adenauer” jamg‘armasining mintaqaviy vakili ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qildilar

Dekabr 23, 2025. 18:20 • 38 soniya

161
O‘zbekiston TIV vaziri maslahatchisi va “Konrad Adenauer” jamg‘armasining mintaqaviy vakili ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova kecha “Konrad Adenauer” nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakili Andre Algermissen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy va yashil diplomatiya sohalarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Sunʼiy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot va media savodxonligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, shuningdek, qo‘shma taʼlim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Germaniya tomoni “Dunyo” axborot agentligini qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni mustahkamlashdan umumiy manfaatdorlik bildirdilar hamda qo‘shma faoliyatni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zarina Asrorova

zarina@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish