O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Eron elchisi 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar
Dekabr 23, 2025. 17:10 • 30 soniya
• 165
TOSHKENT, 23-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar, 2025-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida ishchi aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIVda Tojikistonning yurtimizdagi elchisi bilan 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi
TIV huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning anjumani o‘tkazildi