Logo

Xorvatiyadan vatandoshimiz va uning oila aʼzolari O‘zbekistonga qaytarildi

Dekabr 27, 2025. 13:35 • 44 soniya

319
Xorvatiyadan vatandoshimiz va uning oila aʼzolari O‘zbekistonga qaytarildi

BUDAPESHT, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. Vengriyadagi mamlakatimiz elchixonasi konsullik bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.J. konsullik yordami so‘rab murojaat qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Murojaat davomida Xorvatiya hududida tug‘ilgan va muqaddam O‘zbekiston fuqarosi pasporti rasmiylashtirilmagan voyaga yetmagan bolaning Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish zarurligi maʼlum qilingan.

Murojaatchi O‘zbekistonga qaytish uchun takroriy aviachiptalarni sotib olish uchun moliyaviy mablag‘i yo‘qligini aytgan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan Mehnat migrantlariga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalarni sotib olishda moddiy yordam ko‘rsatish masalasini yechish uchun O‘zbekistonning vakolatli idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.

O‘tkazilgan muzokara va kelishuvlar natijasida arizachi va uning oila aʼzolariga joriy yilning 26-dekabr kuni Vatanga qaytish uchun aviachiptalar sotib olindi.

Elchixonaning konsullik bo‘limi yuzaga kelgan vaziyatni hal qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatdi, bu esa oilaning O‘zbekistonga qaytishini tashkil etish imkonini berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish