Logo

Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Dekabr 16, 2025. 11:08 • 2 daq

262
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

BUDAPESHT, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining hol-ahvolini doimiy monitoring qilib, ulardan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildiradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2025-yilda Elchixonaning konsullik bo‘limiga Xorvatiya va Serbiya hududida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, insofsiz ish beruvchilar tomonidan eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar aniqlandi:

• ish haqining muntazam ravishda to‘lanmasligi yoki uzoq muddatga kechiktirilishi;

• vaqtinchalik yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar olishdagi muammolar;

• hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish bo‘yicha to‘langan xizmatlar uchun takroriy (“ikki karra” va “uch karra”) yig‘imlar;

• ish berishni rad etish va qo‘shimcha to‘lovlarni rad etgan taqdirda deportatsiya qilish bilan tahdid qilish;

• noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni o‘ylab topilgan bahonalar bilan to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish.

Elchixona o‘z fuqarolarining huquqlarini faol himoya qilib, qoidabuzar ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borgan. Xorvatiya vakolatli organlariga rasmiy notalar yuborib, fuqarolarga sud va maʼmuriy jarayonlarda hamrohlik qilgan.

Shu bilan birga, muammolarning katta qismi noqonuniy vositachilar orqali chet elga chiqish va ishga joylashishning dastlab noqonuniy yoki yarim qonuniy kanallari tufayli yuzaga keladi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga quyidagilarni tavsiya qiladi:

ü Xorvatiya va Serbiyaga ishlash uchun faqat O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining amaldagi litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali chiqish;

ü tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar yoki firmalarga pul o‘tkazmaslik;

ü keyinchalik noqonuniy ishga joylashish maqsadida turistik, mehmon vizasi yoki boshqa ishchi bo‘lmagan vizalar bilan chiqmaslik. Bunday huquqbuzarlik maʼmuriy chiqarib yuborish, 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Shengen hududiga kirishni taqiqlash va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin;

ü mehnat shartnomasini imzolashdan oldin uni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilishni talab qilish va barcha shartlarni, ayniqsa ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olishga taalluqli shartlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish;

ü har qanday muammolar (ish haqini kechiktirish, tahdidlar, noqonuniy yig‘imlar va boshqalar) yuzaga kelganda darhol O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi Elchixonasi konsullik bo‘limiga shoshilinch aloqa telefonlari (+36 304 362 636) yoki https://hungary.mfa.uz/page/28447 rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan messenjerlar orqali murojaat qilish.

Elchixona barcha fuqarolarni mehnat migratsiyasi kanalini tanlashda maksimal darajada hushyor bo‘lishga chaqiradi. Faqat qonuniy ishga joylashish sizning huquqlaringiz va qonuniy manfaatlaringizni chet elda himoya qilishni kafolatlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish