Yong'in-qutqaruv sporti bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston vakillari sovrindor bo'ldi
Noyabr 03, 2025. 18:49 • 45 soniya
• 95
AR-RIYOZ, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyoz shahrida yong'in-qutqaruv sporti bo'yicha erkaklar o'rtasida XX hamda ayollar o'rtasida XI jahon chempionati bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xalqaro o't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada jami 22 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari ushbu chempionatda hakamlar hay'ati safidan joy oldi. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari Sanjar Zuparov musobaqaning bosh hakami bo'ldi.
Jahon chempionati qizg'in bahslarga boy o'tdi. Barcha turlar bo'yicha yakuniy natijalariga ko'ra, yurtimiz erkaklar jamoasi umumiy hisobda 2-o'rinni, ayollar jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
2022-yilda ushbu musobaqaga Samarqand shahri mezbonlik qilganini ta'kidlash lozim. 2023-yilda Turkiyada o'tkazilgan Jahon chempionatida esa erkaklar terma jamoamiz chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
Yong'in-qutqaruv sporti bo'yicha navbatdagi jahon chempionatiga Ozarbayjon mezbonlik qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi