Logo

O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi

Noyabr 02, 2025. 10:39 • 40 soniya

78
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi

OQTOV, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida turkiy davlatlar vakillari o'rtasida bochche sport turi bo'yicha o'tkazilgan xalqaro turnirning yopilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg'izistondan jami 30 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqada Milliy paralimpiya terma jamoamiz a'zolari munosib ishtirok etib, bir qator yo'nalishlarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

Xususan, "BC1 (ayollar)" toifasida Hayotxon Hafizova uchinchi o'rinni, "BC2 (erkaklar)" toifasida Nizomiddin Xayriddinov ikkinchi va Javohirbek Alibekov uchinchi o'rinni, "BC3 (erkaklar)" yo'nalishida esa Xudoyshukur Yoqubov uchinchi o'rinni egalladi.

Shuningdek, "BC1/BC2" jamoaviy bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi Hayotxon Hafizova, Nizomiddin Xayriddinov, Javohirbek Alibekov uchinchi o'rin sohibi bo'ldi.

­2026 yilda turkiy davlatlar vakillari o'rtasida o'tkaziladigan bochche sport turniri estafetasi O'zbekiston tomoniga topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish