YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasining 20-sessiyasida qoraqalpoq o‘tovini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritishga bag‘ishlangan masalaning muhokamasi boshlandi
Dekabr 11, 2025. 08:30 • 41 soniya
• 112
DEHLI, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. Hozirgina Hindiston poytaxtida YUNESKO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish hukumatlararo qo‘mitasining 20-sessiyasi doirasida qoraqalpoq o‘tovini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritishga bag‘ishlangan masalaning muhokamasi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ko‘chmanchi turkiy xalqlar uyi – o‘tovni YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha qo‘shma nominatsiya taqdim etgan.
Ushbu masalani muhokama qilish jarayonida sessiyada Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri Begis Temirbayev hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali Gumanitar fanlar instituti direktori Maqset Qarlibayev so‘zga chiqadi.
Avval xabar qilinganidek, YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasining 20-sessiyasi qoraqalpoq qo‘bizini yasash va unda ijro etish sanʼatini bir ovoz bilan YUNESKOning Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi