Logo

O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o'rtasida an'anaviy XXI Madaniy an'analar va milliy taomlar xayriya festivali o'tkaziladi

Sentabr 25, 2025. 11:23 • 51 soniya

465
O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o'rtasida an'anaviy XXI Madaniy an'analar va milliy taomlar xayriya festivali o'tkaziladi

TOSHKENT, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati tomonidan 27-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Markaziy bog'"da diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o'rtasida an'anaviy XXI Madaniy an'analar va milliy taomlar xayriya festivali o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Festival O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi nufuzini oshirish, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ular orasida norasmiy, do'stona muloqot uchun sharoit yaratish, turli mamlakatlarning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish, respublikadagi mehribonlik uylariga xayriya yordamini ko'rsatish maqsadida tashkil etilyapti.


1999-yildan buyon o'tkazib kelinayotgan mazkur xayriya festivalida joriy yil 50 dan ortiq diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.


Festival dasturida diplomatik vakolatxonalarning milliy taomlari namoyishi, "Toshkent - non shahri" shiori ostida milliy ishlab chiqaruvchilarning non mahsulotlari taqdimoti, novvoylar ishtirokida non tayyorlash va mahorat darslarini o'tkazish, shuningdek mamlakat folklor-etnografik jamoalari va diplomatik vakolatxonalarning xalq hunarmandchiligi ko'rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish