Logo

O'zbekistonning Rostovdagi Bosh konsulligi xodimlari mehnat migrantlari huzurida

Oktabr 20, 2023. 09:08 • 45 soniya

756
O'zbekistonning Rostovdagi Bosh konsulligi xodimlari mehnat migrantlari huzurida

ROSTOV-DON, 20-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rostov viloyatidagi «Донской рыбокомбинат» korxonasida bo'lib, ish beruvchi va bu yerda vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Донской рыбокомбинат» rahbariyati korxona faoliyati, istiqboldagi rejalar to'g'risida ma'lumot berishdi. Shuningdek, hozirgi kunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kengayayotgani sababli yana 100 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ma'lum qilindi. Rossiya tomoni manzilli va tashkillashtirilgan tartibda O'zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qilish bo'yicha ko'mak so'radi.


O'zbekiston vakillari, o'z navbatida, mamlakatimiz fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilish tartibi to'g'risida ma'lumot berdilar. 


Shundan so'ng, mazkur korxonada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan alohida suhbat uyushtirildi. Unda Bosh konsulxona faoliyati, yurtdoshlarimizga ko'rsatilayotgan xizmat turlari, mamlakatimiz mehnat qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar, mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlash, vatandoshlar bilan munosabatlarni faollashtirish to'g'risidagi muhim ma'lumotlar ta'kidlandi.


Uchrashuv so'ngida uning ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob olishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish