O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Sibir federal okrugida mushkul vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga maslahat ko'magi ko'rsatishdi
Oktabr 25, 2023. 08:05 • 35 soniya
• 1352
BARNAUL, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi xodimlari Sibir federal okrugi hududidagi "Xorijiy fuqarolarini vaqtincha saqlash markazi"da saqlanayotgan vatandoshlarimizga maslahat va yuridik ko'mak ko'rsatish maqsadida Barnaul shahrida (Oltoy o'lkasi, Rossiya) bo'ldilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida mamlakatimiz diplomatlari mazkur markazda O'zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishganlari barobarida fuqarolarimiz bilan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Shu bilan birga, vatandoshlarga tegishli maslahatlar ham berildi.
Markaz rahbariyati bilan o'tkazilgan muzokaralar chog'ida barcha vatandoshlarimiz o'z qarindoshlari bilan aloqada bo'lishlari ta'minlangani qayd etildi.
Markaz bilan aloqani qo'llab-quvvatlash va zarur hollarda murojaat qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston va Iordaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda
Hindistondagi vatandoshimizga «Xalqlar do'stligi» ko'krak nishoni topshirildi
O'zbekistonning Rostovdagi Bosh konsulligi xodimlari mehnat migrantlari huzurida