Rossiyaning Rostov-Don shahrida O'zbekiston fuqarolarini xorijda munosib ish o'rinlari bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi
Oktabr 26, 2023. 07:53 • 55 soniya
• 976
ROSTOV-DON, 26-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi xodimlari qandolot va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Kundrat" MCHJ direktori bilan uchrashuv o'tkazishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston fuqarolarini xorijda munosib ish o'rinlari bilan ta'minlash, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalar muhokama qilindi.
"Kundrat" MCHJ direktori O'zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil qilish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz va ularning oila a'zolarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.
Rossiya vakili, o'z navbatida, korxona faoliyati, ishlab chiqarish kuchi va kelajakdagi rejalar to'g'risida batafsil so'zlab berdi. Ishchilarga yaratib berilgan sharoitlar, mehnat xavfsizligi va korxonada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar bilan tanishtirdi.
«So'ngi yillarda mahsulotga bo'lgan talab ortib, ko'plab buyurtmalar qabul qilinayotganligi sababli ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyoj ham oshib bormoqda. Hozir kunda yana 50 nafar ishchi olishga imkoniyatimiz bor. Bu borada O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», dedi u.
O'zbekiston diplomatlari, shuningdek, mazkur korxonada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar. Muloqot chog'ida ularning ish va yashash sharoitlari yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston va Iordaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda
Hindistondagi vatandoshimizga «Xalqlar do'stligi» ko'krak nishoni topshirildi
O'zbekistonning Rostovdagi Bosh konsulligi xodimlari mehnat migrantlari huzurida