Logo

Rossiyadan munosabat: Toshkent va Ostona munosabatlari Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasida muhim ahamiyatga ega

Aprel 14, 2026. 18:25 • 2 daq

18
Rossiyadan munosabat: Toshkent va Ostona munosabatlari Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasida muhim ahamiyatga ega

MOSKVA, 14-aprel. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoat diplomatiyasi va jahon siyosatini tahlil qilish markazi direktori Aleksandr Vorobyev “Dunyo” AA muxbiriga Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Prezident Qasim-Jomart Toqayevning Buxoroga tashrifi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da jadal rivojlantirish mantiqiga mos keladi.

Toshkent va Ostona munosabatlari Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyaning o‘zagi bo‘lib, bu munosabatlar bugungi kunda keng qamrovli xarakterga ega. Bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi savdo, balki sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma korxonalar faoliyati, mintaqadan tashqariga chiqadigan umumiy transport-logistika loyihalari, suvdan foydalanish masalalari va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikdir.

Qozog‘iston rahbarining tashrifi ham iqtisodiy va siyosiy masalalar bo‘yicha vaqtni to‘g‘rilash, ham hamkorlikni yana-da jadallashtirish uchun sharoit yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Qozog‘iston yetakchisining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida hamkorlikning yuqorida qayd etilgan asosiy yo‘nalishlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Geosiyosiy noaniqlik sharoitida O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbariyati ikki tomonlama aloqalarni faol rivojlantirish orqali ham ikki mamlakat taraqqiyotiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan, ham butun mintaqaning barqarorligi va barqaror rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan qo‘shma hamkorlikni tezlashtiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish