Logo

Polshaning Filipov shahrida O'zbekistonning tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi

Avgust 13, 2025. 11:14 • 2 daq

110
Polshaning Filipov shahrida O'zbekistonning tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi

VARSHAVA, 13-avgust./"Dunyo" AA/. Polshaning Filipov shahridagi madaniyat va sport markazida "Ipak yo'li bo'ylab. O'zbekiston: Leon Barщyevskiy izidan" mavzusida taqdimot o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1849-1910-yillarda yashab o'tgan Leon Barщyevskiy mashhur polshalik sayohatchi, fotograf va tadqiqotchi hisoblanadi. U yigirma bir yil davomida Samarqandda yashagan. Leon Barщyevskiy o'zidan o'zbek xalqining an'analari va hayoti, 19-asrdagi tarixiy voqealar va me'moriy yodgorliklarni aks ettirgan 3 mingdan ortiq fotosuratlarni o'z ichiga olgan fotoarxivni qoldirdi. Tadbir O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Leon Barщyevskiyning nabirasi va uning arxivi egasi Igor Stroyeskiy bilan birgalikda tashkil etildi.

Unda Leon Barщyevskiyning noyob fotosuratlari va Igor Stroyeskiyning zamonaviy fotosuratlari orqali O'zbekistonning boy tarixi, madaniyati va me'moriy merosi taqdim etildi. Anjuman doirasida O'zbekiston va uning tarixiy shaharlarining sayyohlik salohiyati ham namoyish etildi.

Ishtirokchilar tarixiy aloqalar, jumladan, zamonaviy O'zbekiston hududida yashagan polyaklar taqdiri bilan qiziqishda, bu ularga ikki madaniyat o'rtasidagi ko'p asrlik munosabatlarni yaxshiroq tushunish imkonini berdi.

Igor Stroyeskiy bobosi izidan amalga oshirgan ekspeditsiya haqida so'zlab berdi. Xiva, Buxoro va Samarqandga oid noyob suratlarni namoyish qildi. Ishtirokchilar 19-asrdagi tarixiy fotosuratlarni xuddi shu joylarning zamonaviy ko'rinishlari bilan solishtirish imkoniga ega bo'ldilar.

Muhokamalarda muzey xodimlari, tarixchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va Filipov shahri aholisi faol ishtirok etdi. O'zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, qadimiy yodgorliklarni ta'mirlash va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi ma'lumotlar ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg'otdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish