O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi
Aprel 06, 2026. 09:49 • 49 soniya
• 220
TOSHKENT, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda AQSh Prezidentining maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan Mar-a-Lagoda uchrashganimdan mamnunman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun o‘zining telegram-kanalida. – Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi