Logo

Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Dekabr 16, 2025. 13:21 • 2 daq

97
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi U Von Sik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda taʼlim sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada faollashtirish, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchrashuvlari formati ishonchli muloqot maydoniga aylangani qayd etildi.

Tomonlar Toshkent shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilish doirasida ham amaliy va samarali natijalarga erishish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. 2023-yil sentyabr oyida Seul shahrida hamda 2024-yil oktyabr oyida Ashxobod shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar mazkur formatning dolzarbligini yaqqol namoyon etgani taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida barcha darajalarda yo‘lga qo‘yilgan faol parlamentlararo muloqot alohida qayd etilib, joriy yil davomida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining qator qo‘mitalari rahbarlari darajasidagi delegatsiyalar O‘zbekistonga tashrif buyurgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Shuningdek, parlament do‘stlik guruhlari faoliyati o‘zaro muloqotni muvofiqlashtirish va amaliy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, “KOICA” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda “elektron parlament” tizimini joriy etish loyihasining amalga oshirilayotgani yuqori baholandi. Mazkur loyiha qonun ijodkorligi jarayonlarini takomillashtirish va parlament faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi U Von Sik Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish