Logo

Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi

Yanvar 13, 2026. 08:15 • 39 soniya

176
Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi
Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi
Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi

SEUL, 13-yanvar. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Taʼlim boshqarmasi tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo davlatlari taʼlim sohasida hamkorlik forumi” o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur forum doirasida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari yurtimizda maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot namoyish qildi.

Taqdimotda umumtaʼlim tizimini modernizatsiya qilish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, global va ko‘p madaniyatli taʼlim yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar yoritildi.

Forum Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida maktab taʼlimi sohasidagi hamkorlik natijalarini muhokama qilish, ilg‘or tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun amaliy muloqot maydoni sifatida xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish