Logo

Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Yanvar 31, 2026. 16:14 • 27 soniya

309
Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

SEUL, 31-yanvar. / “Dunyo” AA/. Ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining maʼlum qilishicha, mamlakatimizning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi Janubiy Koreyaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda. Bildirilishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganganlarida halok bo‘lgan shaxs 60 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish