Logo

Abu-Dabida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

May 04, 2026. 15:25 • 45 soniya

145
Abu-Dabida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

ABU-DABI, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida “Plenary Group” kompaniyasi direktori David Lamming bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Xususan, shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish