Malayziya bilan taʼlim sohasida erishilgan kelishuvlar amaliyotda o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda
Dekabr 24, 2025. 15:46 • 40 soniya
• 79
KUALA-LUMPUR, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bir guruh talabalari joriy yilning 12-23-dekabr kunlari Malayziyaning “MARA” Texnologiya universitetida qisqa muddatli akademik almashinuv dasturida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur dastur 2025-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston - Malayziya birinchi taʼlim forumi” doirasida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga qaratilgan Amaliy harakatlar rejasi ijrosini taʼminlash doirasida tashkil etildi.
Akademik almashinuv davomida talabalarimizga “Turizm menejmenti”, “Iqtisodiyot va menejment” hamda “Iqtisodiy prognozlash” kabi fanlar bo‘yicha xorijiy professorlar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Mazkur loyiha talabalar uchun xalqaro taʼlim tajribasini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Dastur yakunida o‘zbekistonlik talabalarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Serbiya poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
Turkiy davlatlar dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
BAA Adliya vazirligining odil sudlovni amalga oshirish tajribasi o‘rganildi