Britaniyaga O‘zbekistondan ilk bor anor, behi va xurmo eksport qilindi
Dekabr 24, 2025. 11:31 • 36 soniya
• 148
LONDON, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaga yetkazib berilgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navbatdagi partiyasi orqali ilk bor anor, behi va xurmo eksporti amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Quva-Agro Star” MCHJ tomonidan eksport qilingan, umumiy hajmi 3 tonna bo‘lgan mahsulotlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent–London yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali olib kelindi.
Britaniyalik ulgurji xaridorlar o‘zbek mahsulotlarining yuqori sifat va taʼm ko‘rsatkichlarini qayd etib, ushbu mevalardan ko‘proq miqdorda sotib olishga tayyorligini bildirdilar.
Hozirda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 35 xildan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi tovarlarining eksporti amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 10 oyi davomida Britaniyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya bozoriga qadoqlangan quruq meva mahsulotlarimiz eksport qilinadi
Kuvaytda o‘zbek milliy va zamonaviy zargarlik buyumlari namoyish qilindi
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi