O‘zbekistonlik kino ijodkorlar Sankt-Peterburgdagi xalqaro festivalda qatnashdi
Aprel 18, 2026. 17:00 • 2 daq
• 210SANKT-PETERBURG, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “PiterDok” xalqaro kinofestivali hamda “Rossiyadagi uchrashuvlar” rus teatrlari festivalida o‘zbekistonlik kino ijodkorlar ham munosib ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“PiterDok” kinofestivalida yurtimiz nomidan rejissyorlar Yulduz Musakova va Asal Dauletmuratova qatnashdi. Ular tomonidan taqdim etilgan “Orom” qisqa metrajli hujjatli filmi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur loyiha maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘g‘rilgani va o‘ziga xos tasviriy yechimi bilan xorijlik ekspertlar eʼtiborini tortdi.
Shu bilan birga, “Rossiyadagi uchrashuvlar” festivalida mamlakatimizdan “Diydor” teatr-studiyasi ishtirok etdi. Rejissyor Bobur Yo‘ldoshev tomonidan Don Nigro pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Zveriniye istorii” (“Hayvonlar haqida hikoyalar”) spektakli namoyish etildi.
O‘zbek aktyorlarining yuksak mahorati, namoyish qilingan sahna asarlarining chuqur falsafiy mazmuni teatr ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday madaniy tadbirlar xalqaro kino maydonida tajriba almashish, o‘zbek sanʼatini dunyoga keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


