Sibirdagi vatandoshlar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi
May 25, 2026. 19:25 • 2 daq
• 8NOVOSIBIRSK, 25-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiyaning Sibir federal okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida ilk bor futbol turniri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur turnir O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda milliy terma jamoamizning 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan o‘tkazildi.
Futbol musobaqalarida Novosibirsk, Tomsk va Kemerovo viloyatlaridan to‘rtta jamoa ishtirok etdi. Uchrashuvlar do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni namoyon qildi.
Musobaqada Novosibirsk viloyati nomidan mahalliy oliy taʼlim muassasalari talabalari, Bosh konsulxona hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining mintaqadagi vakolatxonasi xodimlaridan shakllantirilgan ikkita jamoa qatnashdi.
Final uchrashuvida Kemerovo viloyatidagi Kuzbass oliy taʼlim muassasalari vakillari ustidan g‘alaba qozongan Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti talabalari jamoasi turnir g‘olibi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa Novosibirsk davlat arxitektura-qurilish universitetining vatandoshlar jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Bosh konsulxona tomonidan o‘zbek milliy taomi palov tortiq qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xorijdagi vatandoshlar uchun “uPay.net” platformasida yangi qulayliklar yaratildi







