O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimiga sunʼiy intellektni joriy etish bo‘yicha Britaniya tajribasini o‘rganmoqda
May 05, 2026. 09:25 • 2 daq
• 424
LONDON, 5-may aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Britaniyaning “Bikal” kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekistonda aholi bilan ishlash tizimini sunʼiy intellekt asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
“Bikal” kompaniyasi direktori Raj Sandxu agentlik ehtiyojlaridan kelib chiqib, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, xarajatlarni kamaytirish, muammolarni erta aniqlash va prognoz qilish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash uchun Toshkentda texnik darajadagi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
“Bikal” kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot texnologiyalari sohasida sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar yaratishga ixtisoslashgan. Ushbu kompaniya yurtimizda davlat tashkilotlari bilan raqamlashtirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi