O‘zbek yengil sanoat yo‘nalishidagi delegatsiyaning Xitoy provinsiyalariga tashrifi amalga oshirildi
Yanvar 13, 2026. 09:32 • 41 soniya
• 118GUANCHJOU, 13-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyning Guandun, Fuszyan, Chzeszyan provinsiyalariga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvlarda to‘qimachilik va charm sanoati yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya vakillari Guanchjou shahridagi “Guangda Trade City” ixtisoslashgan yirik ulgurji bozorida 20 dan ortiq mahalliy kompaniyalarga “O‘zbekiston to‘qimachilik va charm sanoati imkoniyatlari” mavzusida taqdimot namoyish qildi.
Donguan, Syamen, Venchjou shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, savdo va investitsiyaviy kelishuvlarni ishlab chiqish hamda biznes doiralarning o‘zaro hamkorlik almashinuvlarini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan iborat biznes-missiyalarning shu yil aprel-may oylarida O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


