2025-yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston import hajmini qariyb 42 milliard dollargacha oshirdi
Dekabr 26, 2025. 10:28 • 56 soniya
• 546
TOSHKENT, 26-dekabr. /“Dunyo”/. 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston import hajmi 41,9 milliard AQSh dollariga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7% ga o‘sgan. Bu esa mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib borayotgani va ichki talab ortayotganidan dalolat beradi.
Mazkur davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
2025-yilning 11 oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSh dollarida):
— Xitoy – 12,8 mlrd;
— Rossiya – 7,8 mlrd;
— Qozog‘iston – 3 mlrd;
— Turkiya – 1,7 mlrd;
— Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
— Germaniya – 1 mlrd;
— Hindiston – 1 mlrd;
— Turkmaniston – 926,2 mln;
— Belarus – 698,8 mln;
— AQSh – 656,1 mln.
Import geografiyasining kengayishi va asosiy davlatlardan xaridlar hajmining barqaror o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiy faoliyatining faollashgani, sanoatning modernizatsiyalashgani hamda mamlakatning global savdo jarayonlariga integratsiyalashuvi darajasi oshganidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, 11 oy davomida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga ko‘pdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi