Logo

AQSHda o‘zbek va qozoq talabalari ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi

Aprel 19, 2026. 16:30 • 2 daq

216
AQSHda o‘zbek va qozoq talabalari ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi
AQSHda o‘zbek va qozoq talabalari ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi

NYU-YORK, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. AQSHdagi Yale universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston va Qozog‘istonlik talabalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida xorijlik talabalarga O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning tarixiy-madaniy merosi, milliy urf-odatlari va anʼanalari haqida maʼlumot berildi. Ikki xalqning milliy musiqasi, raqs sanʼati namoyish etilib, ishtirokchilarga milliy taomlar tortiq qilindi.

Shu bilan birga, Navro‘z bayramining ikki xalq o‘rtasida tarixiy ahamiyati xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Mazkur madaniy uchrashuv O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining AQSHdagi vakili hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi vakillarining taʼkidlashicha, so‘nggi yillarda AQSHda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ijtimoiy va madaniy-gumanitar jabhalarda faollik ko‘rsatib, o‘zbek milliy qadriyatlarini xorijiy auditoriyaga keng targ‘ib qilib kelmoqda.

Tadbir tashkilotchilari bu kabi xayrli tashabbuslarni Amerikaning boshqa yetakchi universitetlarida ham tashkil etish, o‘zbek-qozoq talabalari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlovchi loyihalarni ko‘paytirish, milliy bayramlar va urf-odatlarimizni xorijda ham keng targ‘ib etishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish