TIVda Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

May 25, 2026. 20:30 • 54 soniya

20
TIVda Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 25-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston–Belarus munosabatlarini yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.

2026-yil 19-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning o‘n ikkinchi yig‘ilishi yuqori baholandi. Uning yakunlari savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni izchil mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish