“Informare Online”: O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining jonli yuragi

May 26, 2026. 12:25 • 2 daq

44
“Informare Online”: O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining jonli yuragi

RIM, 26-may. /“Dunyo” AA/. Italiyaning “Informare Online” nashrida O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tarixiy va zamonaviy markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif Kampaniya universiteti professori, YUNESKOning Kazertadagi vakili Yolanda Kaprilyone O‘zbekistonni “Buyuk Ipak yo‘lining jonli yuragi” deya atagan. U maqolada o‘zbeklar diyorida jahon siyosati, iqtisodiyoti va madaniy diplomatiya tobora rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlaydi.

Nashrda yozilishicha, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, turizm, taʼlim va madaniy merosni asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tarixiy Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarini restavratsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar, shuningdek, O‘zbekistonning YUNESKO bilan faol hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xivadagi “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” forumi hamda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi muhim xalqaro tadbirlar qatorida qayd etilgan.

Materialda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, sunʼiy intellekt, inklyuziv taʼlim va madaniy almashinuv sohalarida zamonaviy tashabbuslarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlari alohida taʼkidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish