Navoiy va Akmulla ijodi turkiy adabiyot kontekstida
Fevral 13, 2026. 10:30 • 51 soniya
• 65UFA, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Boshqirdiston davlat pedagogika universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Miftaxetdin Akmulla ijodi turkiy adabiyot kontekstida” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda Boshqirdistondagi taniqli madaniyat va sanʼat arboblari, vatandoshlar, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar buyuk davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning boy merosi, nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyat va xalqimizning adabiy-estetik dunyoqarashi rivojlanish tarixida alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Xalqaro davra suhbati davomida Alisher Navoiyning va Miftaxetdin Akmulla maʼrifiy merosidagi o‘xshashliklarni ko‘rsatib, ularning turkiy adabiy anʼananing shakllanishidagi rolini alohida eʼtirof etdi.
Maʼruza va muhokamalarda turkiy adabiy anʼananing umumiy gumanistik motivlari, birligi va bog‘liqligi ko‘rsatilib, davlatlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlab, qo‘shma tadqiqotlar uchun zamin yaratishi haqida so‘z yuritildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



