Vengriyalik o‘quvchilar o‘rtasida “O‘zbekistonni kim yaxshiroq biladi?” mavzusida tanlov o‘tkaziladi
Fevral 10, 2026. 08:10 • 48 soniya
• 144BUDAPESHT, 10-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Lakitelek shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda elchixona diplomatlari, Vengriya parlamenti vakillari, Lakitelek shahar meriyasi kotibiyati xodimlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Vengriya Milliy majlisi spikeri o‘rinbosari Shandor Lejak O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar, madaniy va gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlik xususida to‘xtalib o‘tdi. U 2024-yilda Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatilgani alohida taʼkidladi.
Lakitelek shahri meri hamda mahalliy “Lakiteleki Eo‘tvo‘s Loránd Általános Iskola” maktabi direktori Alisher Navoiy ijodi haqida so‘z yuritdi.
Mutaxassislar Alisher Navoiy merosini asrab-avaylash, buyuk mutafakkirning o‘zbek tilini rivojlantirishdagi bebaho o‘rni, Vengriyada Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr bildirdi.
Tadbirda 2026-yilda “Lakiteleki Eo‘tvo‘s Loránd Általános Iskola” maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbekistonni kim yaxshiroq biladi?” mavzusida tanlov o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi










