Logo

Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!

Dekabr 11, 2025. 19:25 • 48 soniya

49
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!

DUSHANBE, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi tomonidan “Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona tomonidan tashkil etilgan tadbirda yozuvchi, shoir, ekspert va ishbilarmon doiralar, Tojikistonda yashayotgan vatandoshlar hamda taʼlim olayotgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga vakolatxona diplomatlari tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari, yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida maʼlumot berildi.

2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijasida qabul qilingan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi, undagi o‘zgarishlar, fuqarolarimiz hayotiga ijobiy taʼsiri va uning ayni O‘zbekistonda kuzatilayotgan ijobiy islohotlardagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbirning badiiy qismida, tojikistonlik yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sayfullo Kulayevning “Yorkitob” nomli kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kitob nashri “Vatandoshlar” jamoat jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Aziz Said so‘zga chiqib, kitob muallifi hamda kitobxonlarni bayram bilan tabrikladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish