Logo

O‘zbekistonning tashqi siyosati Ukrainada eʼtirof etildi

Dekabr 31, 2025. 13:43 • 52 soniya

329
O‘zbekistonning tashqi siyosati Ukrainada eʼtirof etildi
O‘zbekistonning tashqi siyosati Ukrainada eʼtirof etildi

KIYEV, 6-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Ukrainadagi Elchixonasida ushbu davlatning yetakchi axborot-tahliliy markazlari va OAV vakillari ishtirokida “O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirga ukrainalik siyosiy ekspert, Ukraina tashqi siyosati tadqiqotlari instituti direktori Grigoriy Perepelitsa moderatorlik qildi. Moderator O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda keng miqyosli siyosiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Ukrainalik siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi hamkorlik vektorlarining shakllanayotgani, rasmiy Toshkent o‘zini betaraf davlat sifatida sobit qolayotgani va xalqaro maydonda faol pozitsiya egallayotganini qayd etdi. Bu ayni paytda kuzatilayotgan global muammolar, davlatlararo mojarolar va xalqaro munosabatlar tizimining transformatsiyasi sharoitida juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davra suhbatida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov va qator mahalliy siyosiy ekspertlar so‘z yuritib, tadbir ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berdi.

Mutaxassislar O‘zbekistonning so‘nggi yillarda xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari, xususan, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning yangi bosqichlari haqida fikr bildirdi. Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa qator hamkor davlatlar bilan siyosiy muloqot va iqtisodiy aloqalarning faollashayotgani taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish