TIVda Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Fevral 20, 2026. 21:15 • 25 soniya
• 91
TOSHKENT, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston–Bangladesh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Turli darajadagi o‘zaro tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
