O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Dekabr 14, 2025. 12:13 • 54 soniya
• 199
PRAGA, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Chexiya Kichik va o‘rta biznes assotsiatsiyasi (Association of Small and Medium-Sized Enterprises and Crafts of the Czech Republic) rahbari Yozef Yarosh hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha rais o‘rinbosari Vitezslav Xrushka bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, kooperatsiya va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Diplomatlarimiz Chexiya tomoniga O‘zbekiston iqtisodiyotining sanoat, qishloq xo‘jaligi, AKT, tibbiyot va turizm sohalarida mavjud ulkan salohiyati, erkin iqtisodiy hududlarda investorlar uchun yaratilgan qulay muhit haqida maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, mamlakatimizda chex kapitali ishtirokida qariyb 50 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘z navbatida Assotsiatsiya rahbariyati O‘zbekiston Hunarmandlar uyushmasi va boshqa tegishli tuzilmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot yakunida o‘zaro anglashuv memorandumini ishlab chiqish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga doir muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
Chexiyaning Kichik va o‘rta biznes assotsiatsiyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, AKT va sanoat yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 300 mingdan ortiq kichik korxona va hunarmandlarni birlashtiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi