Ruminiya elchisi O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida mamlakatimizdagi yana bir cho‘qqini zabt etdi
Avgust 25, 2023. 16:41 • 2 daq
• 1090
TOSHKЕNT, 18 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida Ruminiya elchisi Daniel Kristian Chobanu Po‘latxon platosiga (2823 metr) ko‘tarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Elchi Po‘latxon platosida o‘zbek tilida ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan qisqa videolavhani suratga oldi va o‘zbek xalqiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zining samimiy qutlovlarini yo‘lladi.
Danael Kristian Chobanu Toshkent viloyatining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududida Janubi-G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalarining Po‘latxon platosini muvaffaqiyatli zabt etgan birinchi diplomatik missiya rahbari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, u 2021 yilda Vatanimiz mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidagi Hazrati Sulton cho‘qqisini (4083 metr) zabt etgan bo‘lsa, undan bir yil avval diplomatik missiya rahbari Katta Chimyon cho‘qqisiga (3309 metr) ko‘tarilgan edi.
Shuningdek, doriy yil 7 avgust kuni elchi Ruminiya diplomatiyasining 161 yilligi va O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan havo sharida Samsarak-Parkent yo‘nalishi bo‘ylab 60 daqiqa davomida 900 metr balandlikka ko‘tarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi