Logo

“Boysun bahori” festivalida qatnashadigan diplomatik korpus vakillari Surxondaryoga yetib keldi

May 01, 2026. 09:30 • 52 soniya

218

TERMIZ, 1-may. /“Dunyo” AA/. Bugun “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida qatnashish uchun O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari Surxondaryoga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri.

Festivalda 40 dan ortiq davlatdan 100 dan ortiq folklor jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bayram doirasida kurash, ot sporti, ko‘pkari va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, maishiy hunarmandchilik ko‘rgazmalari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ikki kunlik tashrif davomida delegatsiya aʼzolari “Boysun bahori” xalqaro festivali, “Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyati” mavzusidagi davra suhbati hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Hikmatilla Melikuziyev

melikuziyev@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish