Logo

Britaniyaning nufuzli universitet bilan farmatsevtika va tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Dekabr 13, 2025. 16:31 • 2 daq

96
Britaniyaning nufuzli universitet bilan farmatsevtika va tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

LONDON, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizdagi Farmatsevtika texnik universiteti rahbariyati Buyuk Britaniyadagi Queen‘s University Belfast universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori, professor Margaret Topping bilan onlayn muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Britaniyadagi ushbu universitet 1845-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab “Queen‘s College, Belfast” deb yuritilgan. Universitet Angliya va Shimoliy Irlandiyadagi nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirda unda 25 ming nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Muassasada 4 ming nafarga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitetda amaliy fanlar, biznes boshqaruvi, muhandislik, sanʼat va ijtimoiy fanlar, farmatsevtika, hamshiralik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida saboq beriladi.

Onlayn suhbat jarayonida ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida farmatsevtika va tibbiyot yo‘nalishlarida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda qo‘shma taʼlim loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida britaniyaliklar Farmatsevtika texnik universiteti hamda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri faoliyati bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi taʼlim, fan va innovatsiya sohalarida hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish masalalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, farmatsevtika, kimyo-texnologiya, biomeditsina yo‘nalishlarida quyidagi hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi:

- bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida qo‘shma taʼlim dasturlarini joriy etish;

- akademik almashinuv dasturlarini ishlab chiqish;

- o‘qituvchi va professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish;

- mahorat darslari, qo‘shma seminarlar hamda ilmiy-tadqiqotlar hamkorligi o‘tkazish;

- ilmiy laboratoriyalar o‘rtasida tajriba almashish,

moddiy-texnik bazalardan foydalanish;

- xalqaro grantlar va qo‘shma tadqiqot dasturlarida ishtirok etish;

- o‘quv-uslubiy hamkorlik;

- o‘quv adabiyoti, metodikalar va pedagogik texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish;

Bundan tashqari, tomonlar mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlari va treninglar o‘tkazish hamda “dual diploma” shartlari bo‘yicha hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish