Logo

Von Do Yon: Koreya Respublikasi O‘zbekistonga kelgan birinchi xorijiy investorlar qatorida

Fevral 25, 2026. 18:12 • 52 soniya

90
Von Do Yon: Koreya Respublikasi O‘zbekistonga kelgan birinchi xorijiy investorlar qatorida

NUKUS, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreya elchisi Von Do Yon O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘istonga uyushtirilgan safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Maʼlumki, Koreya Respublikasi O‘zbekistonga kelgan ilk xorijiy investorlar qatorida bo‘lgan. 1994-yildayoq “Daewoo” kompaniyasi bu yerda yirik ishlab chiqarish korxonasini tashkil etgan edi. 2016-yilda qurib bitkazilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. Ushbu loyiha Qoraqalpog‘istonda amalga oshirildi va mintaqadagi eng yirik sanoat obyektlaridan biriga aylandi, bu ko‘p jihatdan Janubiy Koreyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishini oshiradi.

Tashrif davomida Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan viloyatning turizm salohiyati va biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston yuqori texnologiyali yo‘nalishlarga, jumladan, sunʼiy intellektni rivojlantirishga faol sarmoya kiritayotgani alohida eʼtiborni tortdi.

Sunʼiy intellekt Koreya Respublikasi uchun ham strategik ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Shu munosabat bilan, elchi sifatida men Qoraqalpog‘iston bilan yuqori texnologiyali sohalarda, birinchi navbatda, sunʼiy intellekt sohasida, o‘zaro manfaatli bo‘lgan turdosh innovatsion tarmoqlarda hamkorlikning yangi shakllarini izlashga ko‘maklashmoqchiman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish