Logo

Nepal elektron nashri O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqola chop etdi

Dekabr 16, 2025. 09:00 • 2 daq

142
Nepal elektron nashri O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqola chop etdi

KATMANDU, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. «Nepal Diplomat» elektron nashri saytida Katmandu shahrida bo‘lib o‘tgan «Nepal – O‘zbekiston: savdo va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash» mavzusidagi davra suhbati yakunlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi asosiy iqtisodiy markaz sifatidagi roli tobora ortib borayotgani qayd etilgan. 2024-yil mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti qariyb 115 milliard AQSH dollariga yetgani maʼlum qilingan.

Nashr O‘zbekistondagi qulay va jozibador biznes muhitga alohida eʼtibor qaratib, 2018-yildan buyon mamlakatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 120 milliard AQSH dollarini tashkil etganini taʼkidlagan.

Nepal ishbilarmon doiralari vakillarining diqqat markazida, ayniqsa, to‘qimachilik sanoati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va tog‘-kon sanoati kabi tarmoqlar bo‘lib turibdi.

Muallif O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqaviy bozoriga chiqishdagi strategik darvoza sifatidagi ustuvorligini alohida qayd etgan.

Tadbirda Nepal rasmiy shaxslari, biznes doiralar vakillari va davlat organlari mutasaddilari ishtirok etgani urg‘ulangan.

«Nepal Diplomat» nashridagi ushbu maqola xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan hamda Janubiy Osiyo mamlakatlarining ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 11-dekabr kuni O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi Sardor Rustamboyev (qarorgohi Dehli shahrida joylashgan) Prezident Ramchandra Paudelga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Ushbu voqea arafasida, 10-dekabr kuni Katmanduda O‘zbekiston va Nepal o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Dlya giperssilki:

https://dunyo.info/uzk/news/ozbekistonning-nepaldagi-birinchi-elchisi-ushbu-mamlakat-prezidentiga

 

https://dunyo.info/uzk/news/v-katmandu-proshel-uzbeksko-nepalskiy-kruglyy-stol-po-razvitiyu

 

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish