Logo

O'zbekiston elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Noyabr 21, 2025. 12:32 • 38 soniya

591
O'zbekiston elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

AFINA, 21-noyabr. /"Dunyo" AA/. Afina shahrida O'zbekistonning Gretsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev Gretsiya davlat rahbari Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Marosim chog'ida Gretsiya Respublikasi Prezidenti Konstantinos Tasulas yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, elchilarning ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo'shishiga umid bildirdi.

Bo'lib o'tgan qisqa suhbat chog'ida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda O'zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qo'shayotganini alohida ta'kidladi.

Gretsiya yetakchisi O'zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko'tarilganini alohida qayd etdi. Mamlakatlarimiz o'rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish