O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun eng ommabop xorijiy yo‘nalish deb topildi
Aprel 22, 2026. 18:05 • 2 daq
• 128
MOSKVA, 22 aprel. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Vesti turizm” axborot agentligida may oyida sayohat qilish uchun eng ommabop yo‘nalishlarga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Agentlikning yozishicha, “Tutu” sayyohlik xizmati rossiyaliklarning may oyida dam olish uchun qayerga borishini tahlil qilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijiy yo‘nalishlar orasida O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallagan.
Mazkur davr uchun band qilingan aviachiptalar umumiy sonining 16 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 2025 yilning may oyida mamlakatimiz reytingda uchinchi o‘rinni egallagan edi.
Joriy yilda ikkinchi o‘rinni 15 foiz ko‘rsatkich bilan Turkiya, uchinchi o‘rinni esa Belarus band etdi.
“Tutu”ning aviaparvozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Artyom Kuzminning fikricha, bu yil sayyohlik talabining qayta taqsimlanishi kuzatilmoqda. U ayrim yo‘nalishlar arzonroq narxlar va qulay transport logistikasi tufayli o‘z mavqeyini mustahkamlayotganini taʼkidlagan.
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 1 million kishiga yaqinlashib, 2024 yilga nisbatan 15–20 foizga oshgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi