Logo

O‘zbekistonlik yosh rassomlar Tokioda xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda

Yanvar 24, 2026. 14:30 • 2 daq

84
O‘zbekistonlik yosh rassomlar Tokioda xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda
O‘zbekistonlik yosh rassomlar Tokioda xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda
O‘zbekistonlik yosh rassomlar Tokioda xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda
O‘zbekistonlik yosh rassomlar Tokioda xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda

TOSHKENT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Tokiodagi Milliy sanʼat saroyida “Sanʼat – chegara oshib” xalqaro rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

22-yanvardan 1-fevralga qadar o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmada dunyoning 36 mamlakatidan 500 dan ortiq badiiy asarlar namoyish etilmoqda.

“O‘zbek burchagi”da mamlakatimizning barcha hududlaridagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari o‘quvchilari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi yosh rassomlar va Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning 40 ga yaqin asari namoyish etilmoqda.

Taqdim etilgan asarlarda O‘zbekiston tabiati, boy madaniy merosi, milliy anʼanalari, tarixiy obidalari, xalq qadriyatlari va o‘zbek-yapon do‘stligining o‘ziga xos xususiyatlari o‘ziga xos badiiy uslubda aks ettirilgan.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida elchixona vakillari ishtirok etib, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi. Yaponiyaning markazida joylashgan nufuzli sanʼat saroyida o‘zbek bolalarining ijod namunalari orqali mamlakatimiz madaniyati va maʼnaviy dunyosi bilan keng jamoatchilikni tanishtirish imkoniyati yaratilayotgani ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Mazkur tadbir tashkilotchisi Xalqaro Sumiye jamiyati raisi, taniqli yapon rassomi Toxun Kobayashi o‘z nutqida o‘zbekistonlik yoshlarning ijodiy ishlari yil sayin mazmunan boyib, badiiy jihatdan takomillashib borayotganini eʼtirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar rasmlarida milliy ruh, tarixga hurmat va kelajakka umid uyg‘un tarzda ifodalangan bo‘lib, bu asarlar yapon tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bunday xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish o‘zbekistonlik yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni yangi yutuqlarga undash hamda kelgusida xalqaro maydonda munosib ishtirok etishlari uchun muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish