O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Belarus va Qirg'iziston elchilari bilan alohida uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
Oktabr 25, 2023. 07:58 • 31 soniya
• 1121
TOSHKENT, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov kecha Belarus hamda Qirg'izistonning elchilari Leonid Marinich va Musa Jamanbayev bilan alohida uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida tomonlar O'zbekiston bilan Belarus va Qirg'iziston o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama shakllardagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy, hududlararo o'zaro hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
Bo'lajak qo'shma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko'rib chiqildi.
"Dunyo" AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetdi
O'zbekiston TIV rahbari Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vyetnam delegatsiyasi bilan uchrashdi