Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetdi
Dekabr 02, 2025. 09:59 • 23 soniya
• 121
TOSHKENT, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘Zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi (rezidensiyasi Xelsinkida) Ilkka Ryaysyanen bilan mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot jarayonida o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi sohalarda o‘zbek-fin munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.
Finlyandiya elchisi o‘z diplomatik missiyasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilkka Ryaysyanen 2022 yildan buyon Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston TIV rahbari Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vyetnam delegatsiyasi bilan uchrashdi